AQSh Ichki xavfsizlik vazirligi (DHS) o'zining rasmiy portalida 1 mayga o'tar kechasi O'zbekiston, Qozog'iston va Qirg'iziston fuqarolarining o'z mamlakatlariga qaytarilgani haqidagi xabarni e'lon qildi.
"Ushbu operatsiya mamlakatlarimiz o'rtasidagi xavfsizlik sohasidagi chuqur hamkorlikni ta'kidlaydi va bu AQShning boshqa ittifoqchilari uchun namunadir", – deb yozgan manba.
"Biz Prezident Shavkat Mirziyoyevga uning yetakchiligida amalga oshirilayotgan islohotlar uchun minnatdorlik bildiramiz va umumiy xavfsizligimizni mustahkamlash hamda qonun ustuvorligini ta'minlash yo'lida O'zbekiston bilan hamkorlikni davom ettirishga umid qilamiz", – deya AQSh ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem so'zlaridan iqtibos keltirilgan materialda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 50303 | Инструменты