AQSHga noqonuniy yo‘llar bilan ketgan 119 nafar o‘zbekistonlik Vatanga qaytarildi. Ma’lum qilinishicha, ularning ko‘pchiligi Meksika orqali Amerikaga o‘tishgan. Bu haqda Uzreport.news manbasi xabar qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 2021-yilning oktyabridan 2023-yilning oktyabriga qadar AQSHda chegarani noqonuniy kesib o‘tishga uringan 13 mingdan ortiq O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingan.
Uzreport.news jurnalisti bilan suhbatda bo‘lga yurdoshimizni aytishicha, unga aytilgan katta va’dalar sarobga aylangan. U 2-3 yilda topgan pulini 2 oyda ko‘chaga tashlab kelganligini aytmoqda. U Meksikaga qadar 30 kun yo‘l bosgan. Amerikaga o‘tkazib qo‘yish uchun undan 5 ming dollar so‘rashgan.
Yana bir vatandoshimizga ko‘ra, u 4 oy davomida Amerika qamoqxonasida saqlangan, sarflangan xarajatlar miqdori ham oz emas. U AQSHda oshpazlik qilmoqchi bo‘lgan. Noqonuniy yo‘l tanlaganidan pushaymon, oilasi bag‘riga qaytganidan mamnun.
Boshqa bir fuqaro esa u yerlarda ish topish qiyin ekanligini, hatto 3-4 oylab ishsiz qolib ketayotgan ayollar borligini ma'lum qilgan. Uning ma’lum qilishicha, Amerikada asosan Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolari uchun reydlar boshlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122301 | Инструменты