Bank sirini tashkil etuvchi ma'lumotlar prokuror sanksiyasi bilan kimlarga taqdim qilinishi aytildi

“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–697-son, 28.06.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi. 

Unga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, bank sirini tashkil etuvchi maʼlumotlar prokurorning sanksiyasi bilan quyidagilarga taqdim etiladi:

prokuratura, dastlabki tergov va surishtiruv organlariga ularning ish yurituvidagi jinoyat ishlari boʻyicha holatlarni aniqlash, shuningdek yetkazilgan zararni undirishni yoki mol-mulkni xatlashni taʼminlash maqsadida – tergovchining yoxud surishtiruvchining asoslantirilgan qaroriga koʻra;

 tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organlarga ularning ish yurituvidagi tezkor-qidiruv ishlari boʻyicha oʻz zimmasiga yuklatilgan vazifalarni bajarish maqsadida – tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi organ rahbari tomonidan tasdiqlangan asoslantirilgan qaror asosida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41017 | Инструменты