Behzod Qobulov Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi etib tayinlandi

Qobulov Behzod O‘rmonjonovich Toshkent viloyati hokimining matbuot kotibi – axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi.

Mazkur lavozimga tayinlanguniga qadar "Yoshlar kundaligi" media loyihasi rahbari sifatida ishlab kelayotgan edi.

Behzod Qobulov 1984-yilda Namangan viloyatida tug‘ilgan. Jurnalistika sohasi bo‘yicha magistr akademik darajasiga ega.

2008-2011-yillarda O‘zFA I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq instituti aspiranturasida tahsil olgan. Yuzdan ortiq ilmiy-ommabop maqolalar muallifi.

U "Oltin qalam" milliy mukofoti uchun o‘tkazilgan tanlovlarda "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili davlat dasturini yoritgan eng faol jurnalist", "Eng yaxshi jurnalistik material" nominatsiyalari g‘olibi hisoblanadi.

U respublikadagi nufuzli nashrlarida, Toshkent viloyati hokimligi, Oliy Majlis Qonunchilik palatasida  mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 41612 | Инструменты