15 may kuni Bosh prokuror o‘rinbosari Shohrux Aminov rahbarligidagi ishchi guruhlar tomonidan hududlarda tabiiy gaz va elektr energiyasini uzatishdagi yo‘qotishlarni qisqartirish, energiya resurslarini iqtisod qilish, ularni talon-toroj qilish holatlarini oldini olish borasida olib borilgan ishlar davomida 3,4 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugun, 15 may kuni 339 ta energoresurslarni yo‘qotish holatlari hamda 547 ta holatda 3,4 mlrd so‘mlik talon-toroj qilish holatlari aniqlagan. Bundan tashqari, gaz taqsimlash punktlarining 9 tasi almashtirilgan va 285 tasi ta’mirlangan, 1 225 ta xonadon ikki bosqichli tizimga o‘tkazilgan, 3 817 ta gaz hisoblagich batareyasi almashtirilgan, 2 100 ta gaz hisoblagichining aloqasi tiklangan, 15 ta yangi transformator o‘rnatilgan, 225 km tarmoq, 290 ta transformator punktlari ta’mirlangan, 21 km yuqori yuklamali tarmoqlarda simlar almashtirilgan.
Shuningdek, qonunbuzilishga yo‘l qo‘ygan 12 nafar shaxslar ma’muriy va intizomiy javobgarlikka tortilgan, 4 ta jinoyat ishlari qo‘zg‘atilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 121500 | Инструменты