Huawei 2
Blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedov 15 sutkaga qamaldi

Internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqalgan “Prezident matbuot kotibi uchrashgan bloger 15 sutkaga qamalishi mumkin ekan” sarlavhali xabar Farg‘ona viloyati IIB tomonidan o‘rganib chiqildi.

Qayd etilishicha, joriy yilning 28-iyun kuni telegram ijtimoiy tarmog‘idagi “Olimjon Xaydarov” hamda  “QO’QONJONIM” kanallarida qoldirilgan  “Qo‘qon shahrida noqonuniy Cherkov faoliyat olib bormoqda” sarlavhali xabar  yuzasidan “Vozrojdeniye” nomli “Yevangel” xristianlari cherkovi pastori A.Ayrapetovning arizasiga asosan Qo‘qon shahar IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Qo‘qon shahar, Chust ko‘chasi 51-uyda joylashgan “Vozrojdeniye” nomli “Yevangel” xristianlari cherkovi 2019-yildan boshlab rasmiy faoliyat yuritib kelayotganligi, Adliya vazirligining guvohnomasiga ega ekanligi, Yevangel-xristian diniga e’tiqod qiluvchi fuqarolarga xizmat ko‘rsatayotganligi aniqlangan.

Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar 2022-yil 22-iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Qo‘qon shahar sudiga qonuniy qaror qabul qilish uchun yuborilgan.

Sud tomonidan blogerlar Olimjon Haydarov va Komil Ahmedovlarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 184-prim 3-moddasi ya’ni (Milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatish) bilan 15-sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga