Huawei 1
Bo‘kada maktabga kech qolgan bolalar o‘t yulishga majburlandi

Avvalroq, Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanidagi 24-sonli maktab o‘quvchilari maktabga kech qolgani uchun ular obodonlashtirish ishlariga jalb qilingani haqida xabar berilgandi. Bolalarni ushbu ishga jalb etgan direktor o‘rinbosariga chora ko‘rildi. Bu haqda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, holatni o‘rganish maqsadida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan ishchi guruh tuzilib, vaziyat atroflicha ko‘rib chiqilgan. Aniqlanishicha, holat joriy yilning 30 aprel kuni yuz bergan. Maktabning 11-sinf o‘quvchilari dars jarayonlariga kechikib kelgan. Holat ushbu o‘quvchilar tomonidan surunkali davom etib kelayotgani sababli maktabning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularni tartibga chaqirish maqsadida maktab gulxonasini yovvoyi o‘tlardan tozalashga jalb etgan. Bu jarayon 10 daqiqa davom etgan. Shundan so‘ng, darsga kech qolgan o‘quvchilar sinflariga kiritilgan.

Ishchi guruh tomonidan maktab rahbarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosariga ogohlantirish berilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60702 | Инструменты