Ijtimoiy tarmoqlarda ayol kichik yoshdagi bolalarni o‘zaro urishtirayotgani tasvirlangan videoxabar tarqaldi.
Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan o‘rganilib, holatga huquqiy baho berish maqsadida 14-iyul kuni IIVga tegishli so‘rov berildi.
Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani IIB tomonidan aniqlanishicha, blogerlik bilan shug‘ullanuvchi ayol A. G. (1993- yilda tug‘ilgan) (Chechenka nomi bilan faoliyat olib boruvchi instabloger) 13-iyul kuni Toshkent viloyatida oilaviy dam olish vaqtida kichik yoshdagi o‘g‘li va jiyanini go‘yoki hazillashib urishtirgan va bu holat tasvirlangan videoni o‘z instagram sahifasiga joylashtirgan.
15-iyul kuni fuqaro G. A. bola manfaatiga zid harakatlari uchun Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish borasidagi majburiyatini bajarmaslik) bilan javobgarlikka tortildi. Hozirda mazkur oila mutasaddilar tomonidan alohida nazoratga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82709 | Инструменты