O‘zbekistonlik iqtisodchi Botir Qobilov Harvard universitetida doktorlik unvonini oldi. Bu haqda Viskonsin universiteti doktoranti Behzod Hoshimov ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida maʼlum qildi.
“Do‘stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar.
Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo‘lsin. Botir aka Harvardda doktorlik qilgan birinchi o‘zbekistonlik bo‘ldi”, deb yozdi Behzod Hoshimov.
Alpha version: 0.9.1.19 build 20519 | Инструменты