O'zbekiston elchixonasida Britaniyaning "Association of MBAs and Business Graduates Association" (AMBA & BGA) ta'lim tashkilotining a'zolik masalalari bo'yicha direktori Viktor Xedenberg bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Unda Britaniya ta'lim tashkiloti va O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari o'rtasidagi aloqalarni chuqurlashtirish, qo'shma ta'lim dasturlari, seminarlar va konferensiyalar tashkil etish masalalari xususida fikr almashildi.
Viktor Xedenberg O'zbekistonda oliy ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni va respublika yoshlarining sifatli ta'lim olishi uchun yaratib berilayotgan sharoitlarni yuqori baholadi.
Uning aytishicha, AMBA O'zbekiston oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikni jadallashtirishga katta e'tibor qaratmoqda.
"Shu yil aprel oyida O'zbekistonga safari qilishni rejalashtiryapmiz. Safar davomida Toshkentda respublika biznes maktablari uchun "Unlocking the Potential of Management Education in Central Asia" mavzusida seminar tashkil etiladi. Unda, shuningdek, Markaziy Osiyo mamlakatlarining 50 dan ziyod delegatlari ishtirok etishi kutilmoqda", dedi Viktor Xedenberg.
Alpha version: 0.9.1.19 build 22414 | Инструменты