Huawei 2
Bugun taniqli yozuvchi Murod Muhammad Do'st 72 yoshni qarshiladi

Bugun O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, yozuvchi Murod Muhammad Do'st 72 yoshni qarshiladi. O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi adibni ushbu sana bilan muborakbod etadi.

Murod Muhammad Do'st 1948 yili Samarqand yaqinidagi Jom qishlog'ida tug'ildi. Hozirgi O'zbekiston Milliy universitetida, so'ng Moskvadagi adabiyot institutida tahsil oldi.

U “O'zbekfilm” kinostudiyasida, “Sharq yulduzi” jurnalida, O'zbekiston Milliy axborot agentligida, “O'zbekkino” Davlat aksiyadorlik kompaniyasida xizmat qildi.

Ijodi o'tgan asrning 70-yillaridan boshlanib, “Qaydasan, quvonch sadosi?” nomli birinchi hikoyalar to'plami 1976 yili nashr etildi. Shundan so'ng adibning “Mustafo”, “Iste'fo”, “Dashtu dalalarda”, “Chollardan biri”, “Bir toychoqning xuni” kabi hikoya va qissalari bosildi. 1983 yilda “Galatepaga qaytish” qissasi e'lon qilindi. Yozuvchi turg'unlik davrining ma'naviy, iqtisodiy va siyosiy tanazzuli haqida hikoya qiluvchi “Lolazor” (1988) romanini yaratdi. Bu asari uchun 1989 yilda Davlat mukofotiga sazovor bo'ldi.

Murod Muhammad Do'stning “Galatepaga qaytish” qissasi talabchan ilmiy-adabiy jamoatchilikning yuksak e'tiborini qozondi. Undagi G'aybarov ‒ adabiyotda hali uchramagan yangicha dunyo, yangicha tafakkur kishisining obrazidir. “Lolazor” romanida ana shu yangicha tafakkur tig'idan yemirila boshlagan kommunistik mafkuraning tanazzuli, istiqlol shamchirog'ining yona boshlaganligiga ishoralar bor.

Murod Muhammad Do'stning kinossenariylari asosida “Galatepalik avliyo”, “Dev bilan pakana”, “18-kvadrat”, "Po'sht, arava” va “Ko'rgim keladi”, “Ro'yo” (“Akaxon”) singari filmlar suratga olingan. Bu kartinalar tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olindi. Xalqimiz orasida
Yozuvchi  1996 yili “O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist” unvoni, 1999 yili “Mehnat shuhrati” ordeni bilan taqdirlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga