Huawei 1
Bugundan Toshkent shahrida tig‘iz vaqt oralig‘ida yuk mashinalarning harakati cheklandi

Avvalroq, Toshkentda 1-martdan maʼlum vaqtlarda yuk mashinalari harakati taqiqlanishi haqida xabar bergan edik.

Toshkent shahar IIBB Yo'l harakati xavsizligi boshqarmasining ma'lum qilishicha, Toshkent shahrida bugun tig‘iz vaqt oralig‘ida (soat 07:00dan 10:00ga qadar) ruxsat etilgan to‘la vazni 10 tonnadan ortiq bo‘lgan yuk transport vositalarining haydovchilari bilan tushuntirish ishlari olib borilgan. 

Ularning harakatini Toshkent xalqa avtomobili yo‘li orqali tashkil etish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101811 | Инструменты