Buxoro davlat pedagogika instituti va Yıldız Teknik universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Memorandum Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov va Yıldız Teknik universiteti pedagogika fakulteti dekani Mehmet Engin Deniz tomonidan imzolandi.
Unga ko‘ra, Buxoro davlat pedagogika instituti Yıldız Teknik universiteti bilan hamkorlikda professor-o‘qituvchilar, doktorant va magistrlar, asosan, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yadi. Hamkorlikda ilmiy adabiyotlar nashr qilinishi, konferensiya va simpoziumlar o‘tkazilishi belgilandi.
Shuningdek, pedagogika, psixologiya, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim hamda xorijiy tillar kabi ta’lim yo‘nalishlarida o‘zaro xalqaro aloqalarni kuchaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101004 | Инструменты