Huawei 1
Buxoroda 1,2 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan “Mayning ferma” fosh etildi

“O‘zenergoinspeksiya” Buxoro viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qorako‘l tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro Z. H. ga qarashli xonadonda mayning qurilmalarni elektr hisoblagichdan tashqari taqmoqqa to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulab, noqonuniy foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 1 mlrd 271 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.

Avvalroq, Samarqandda 1,8 mlrd so‘mlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan shaxslar ushlangani haqida xabar qilingandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 32019 | Инструменты