Uch yuz mln so'mdan optiq mablag'ni talon-taroj qilgan MIB xodimi qo'lga olindi.
Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyati Kogon tuman bo‘limi mutaxassisi bo‘limning hisob raqamlariga kelib tushgan pul mablag‘larini o‘z muddatida, tegishliligiga ko‘ra to‘g‘ri yo‘naltirilishini ta’minlashga mas’ul bo‘lsa-da, lekin hisob raqamlardagi 321 mln 79 ming so‘m pul mablag‘ini o‘ziga tanish bo‘lgan 4 nafar fuqaroning plastik kartalariga o‘tkazish orqali naqdlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakati olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120503 | Инструменты