Huawei 1
Buxoroda atmosferani ifloslantirgan 117 nafar mansabdor shaxsga chora ko‘rildi

Buxoro viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o'zgarishi boshqarmasi tomonidan atmosfera havosini muhofaza qilish talablarining buzilishiga qarshi doimiy nazorat reyd tadbirlari o’tkazib kelinmoqda.

Reyd davomida o‘tgan 9 oy ichida jami 1 356 nafar fuqaro tomonidan huquqbuzarlik sodir etilgani ma'lum bo‘ldi. Xususan, huquqbuzarlarning 117 nafari mansabdor shaxslar ekanligi aniqlandi. Ular qurilish chiqindilari va boshqa chiqindi turlarini yoqish, shuningdek, dala va aholi punktlarida xazon, shox-shabbalarga o‘t qo‘yish kabi huquqbuzarliklarni sodir etishgan.

Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan O'zbekiston Respublikasi MJtKning 88-moddasiga muvofiq ma'muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarlar jami 332 million so'm miqdorida jarimaga tortildi.

Ma'lumot uchun, atmosfera havosini muhofaza qilish talablarini buzishga qarshi reyd tadbirlari davom ettirilmoqda. Bu kabi huquqbuzarliklar qonuniy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 100600 | Инструменты