Buxoroda er xotinini o‘ldirib, so‘ng o‘zini osdi. Bu haqda Uzreport.news manbasiga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2024-yil 30-iyul taxminan soat 21:16 larda Peshku tumanida yashagan 1997-yilda tugilgan erkak M.E. turmush o‘rtog‘ini qasddan o‘ldirib, hodisa joyidan yashiringan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida fuqaro M.E. “Chibog‘oni“ MFYda joylashgan fermer xo‘jaligining dala maydonidagi daraxtga o‘z joniga qasd qilgan (osilgan) holatdagi jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan JKning 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты