«Kontexnazorat» tomonidan Buxoro va Navoiy viloyatlari hududlaridagi obektlarda xizmat tekshiruvlari olib borildi.
Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyatining Shofirkon tumanidagi «Quljuqtov» va Navoiy viloyatining Konimex tumanidagi «Tovshan» tog‘ massivlarida tekshiruvlar o‘tkazilgan. Jarayonda «Oltin Kon» MChJ tasarrufidagi ushbu hududlarda begona shaxslar tomonidan noqonuniy oltin qazib olish holatlari aniqlangan.
Holatlar yuzasidan to‘plangan materiallar asosida Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat IIB hamkorligida tezkor choralar ko‘rilgan. Xususan, «Quljuqtov» massivida o‘tkazilgan tadbirda 37 nafar shaxs noqonuniy faoliyat yuritayotgan paytda qo‘lga olingan.
Tadbir davomida Ford rusumli 3 ta mashina, 8 ta perforator, 6 ta kompressor va tarkibida oltin moddasi mavjud bo‘lgan 400 qopga yaqin ruda hamda boshqa qo‘lbola yasama asbob-uskunalar ashyoviy dalillar sifatida olingan. Noqonuniy faoliyat orqali davlat va jamiyat manfaatlariga jami 20 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazilgan aniqlangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100820 | Инструменты