Ijtimoiy tarmoqlarda Peshku tumanidagi 14-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilar haqiga xiyonat qilinayotganligi haqidagi videolavha tarqaldi.
Holat yuzasidan Buxoro viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 10-iyul sanasida Peshku tuman hokimi rahbarligida ishchi guruhi tuzilib, tumandagi ijtimoiy obyektlar qatorida 14-MTT faoliyati ham o‘rganilgan. O‘rganish jarayonida muassasa oshxonasida tarbiyalanuvchilar uchun tayyorlanayotgan birinchi ovqatga 5.850 gramm, ikkinchi ovqatga esa 300 gramm go‘sht mahsuloti solinganligi aniqlangan.
Ayni paytda MTT mudirasi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Holat yuzasidan hozirda tegishli tashkilotlar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты