Huawei 1
Buxorodagi "Yetti go'zal" tungi klubi atrofida yig'ilganlar yarim kechasi shovqin qilib chiqishi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Yetti go‘zal tungi klubiga chora ko‘rishlarizni so‘raymiz, uyqu bermaydi bular, ertalabgacha derazani ochib yotishni iloji yoq umuman” sarlavhasi ostida videoxabar tarqaldi.

Ushbu holat Buxoro shahar IIO FMBda tegishli tartibda qayddan o‘tkazilib, tezkor surishtiruv harakatlari olib borildi.

Aniqlanishicha, haqiqatdan ham Buxoro shahar “R.Hamroyev” mahallasi Navoiyshoh ko‘chasida joylashgan “Yetti go‘zal” tungi klubi atrofida maishiy shovqin kuzatilganligi, fuqarolar tomonidan bu borada bir necha bor murojaat qilingani va natijada mazkur tungi klub ish yurituvchisi muqaddam 4 marotaba Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 192 va 188² moddalari bilan javobgarlikka tortilgani ma'lum bo'ldi. 

O‘rganishlar davomida "Yetti  go‘zal" tungi klubi va "Ziyo Fayz" restoranida biror marotaba jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etilmaganligi aniqlandi.

Shundan so‘ng, tungi klub rahbarlari bilan Buxoro shahar hokimining tegishli qarori asosida soat 00:00 dan so‘ng ish faoliyatini olib borishda belgilangan tartib va talablarni bajarmagan taqdirda ishlamaslik bo‘yicha yakka tartibdagi profilaktik suhbatlar olib borilib, rasman ogohlantirildi.

Shuningdek, mazkur holat yuzasidan Buxoro shahar IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Tekshiruv yakuni bo‘yicha qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlik masalalari hal etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 71613 | Инструменты