"Buyuk Ipak yo'li" metro bekatidagi noqulaylikka nima sabab bo'lgani aytildi
Bugun soat 10:30lar atrofida "Buyuk Ipak yo'li" metro bekatida yo'lovchilar taxminan 30-40daqiqa atrofida poyezd kelishini kutishgan.
Bu haqda voqea joyida bo'lgan UzReport muxbiri xabar berdi.
Ma'lumotlarga ko'ra, yarim soatlik kutish natijasida metropolitenda juda ko'p odamlar yig'ilib qolgan.
Shundan so'ng poyezd teskari tomonga harakatlanib yo'lovchilarni "Amir Temur" Xiyoboni bekatigacha olib kelgan.
"Hamid Olimjon" bekatidan A.Temur Xiyoboni bekatigacha bo'lgan oraliqda poyezd to'xtab qoldi. Ammo mashinisht poyezd harakatda davom etishini ma'lum qildi va bir daqiqa ichida yurishda davom etdi.
Holat bo'yicha “Toshkent metropoliteni” UK izoh berdi. Unga ko'ra,
Toshkent metropolitenining Chilonzor yo'nalishida texnik-profilaktika ishlari olib borilishi munosabati bilan soat 10:30 dan 11:00 gacha poyezdlar aylanmasi "Amir Temur Xiyoboni" bekatiga amalga oshirilgan.
Poyezdlar Sergeli yo‘nalishining "5-bekat"dan "Amir Temur Xiyoboni" bekatigacha grafik asosida harakatlanib, "Amir Temur Xiyoboni" bekatidan "Buyuk Ipak yo'li" bekatigacha poyezdlarning bir tomonlama harakatlangan.
Hozirda poyezdlar o‘rnatilgan tartibda va xarakat jadvaliga asosan harakatlanayotgani ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112204 | Инструменты