Huawei 1
Chilonzor metrosi atrofida nega kalamushlar ko‘paygani aytildi

Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlardagi kanallarning birida Chilonzor tumani Chilonzor metro bekati yaqinida kalamushlarning yurgani aks etgan video xabar tarqaldi. Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi Axborot xizmati holatga munosabat bildirdi. 

Qayd etilishicha, videodagi holat bo‘yicha Chilonzor tuman bo‘limi mutaxassislari tomonidan o‘rganish ishlari amalga oshirilgan. Videodagi holatning kelib chiqishiga fuqarolar tomonidan chiqindilarni maxsus joylarga tashlamaslik sabab bo‘lgan va buning oqibatida zararkunandalarning ko‘payishiga zamin yaratilmoqda.

Qayd etish joizki, ushbu hududda dezinfektorlar tomonidan deratizatsiya (kemiruvchilarga qarshi zararsizlantirish) hamda dezinseksiya ishlari amalga oshirildi.

"Shahar shoh ko‘chalarini dezinfeksiya qilish, shuningdek irrigatsiya tarmoqlarida tozalash, chiqindilarni vaqtida olib ketish ishlari tuman Obodonlashtirish bo‘limlari tomonidan olib borilishi lozim. Xususan, ko‘p qavatli uylar va tadbirkorlik shoxobchalarini zararsizlantirish ishlari dezinfeksiya tashkilotlari tomonidan shartnoma asosida amalga oshiriladi", - deyiladi Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi xabarida.

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102301 | Инструменты