O‘zenergoinspeksiya Jizzax viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan Zomin tumanida joylashgan “L. B.” MChJga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchasida neft mahsulotlarini tarqatish talablariga rioya etilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish davomida ushbu AYOQShdagi yoqilg'i tarqatish ustunlarining navbatdagi davlat qiyoslov ko‘rigidan o‘tkazish muddatiga amal qilinmasdan istemolchilarga neft mahsulotlari sotilayotganligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli qonunining 43-moddasiga ko‘ra, ushbu AYOQSHga nisbatan 71,4 million so‘m (realizatsiya qilingan avtobenzin qiymatining 50 foizi) miqdorida jarima qo‘llanildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 62315 | Инструменты