Huawei 1
Davlat xizmatini rivojlantirish agentligida yangi tayinlovlar amalga oshirildi

Prezidentning tegishli Farmoni bilan Xasanov Atabek Abdirashidovich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A. Xasanov shu kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Inson resurslari va kadrlar salohiyatini rivojlantirish departamenti mudiri lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Shuningdek, Musayev Amirtemurxon Fatixovich O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi direktori o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

A. Musayev shu kunga qadar O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasida mas'ul lavozimda ishlab kelayotgan edi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90300 | Инструменты