Davlatga yetkazilgan zarar uchun endi harbiy xizmatchilar ham moddiy javobgarlikka tortiladi - qonun
“Umumiy harbiy majburiyat va harbiy xizmat toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida” Qonun (OʻRQ–718, 30.09.2021-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, quyidagi komissiyalar tashkil etiladi:
- Muddatli xarbiy xizmatga chaqirish uchun:
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mudofaa ishlari boshqarmalari huzuridagi Rahbariyat kengashi;
Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar yigʻin punktlarida – harbiy-tibbiy komissiya;
tuman (shahar) mudofaa ishlari boʻlimlari huzurida Qurolli Kuchlarni butlash komissiyasi;
- Muqobil xizmatga chaqirish, safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatga olish, harbiy xizmatga chaqirishni kechiktirish va Qurolli Kuchlar zaxirasiga oʻtkazish uchun
– mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy komissiya;
Chaqiriluvchilarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish, sogʻligʻining darajasini aniqlash va davolanishga yuborish uchun
– mudofaa ishlari boʻlimlari huzuridagi hududiy tibbiy komissiya.
Shuningdek, Qonunga kiritilgan qoʻshimchalarga koʻra, harbiy xizmatchilarning, OTM kursantlarining, harbiy yigʻinlarga chaqirilgan harbiy xizmatga majburlarning va safarbarlik chaqiruvchi rezervidagi xizmatni oʻtayotganlarning moddiy javobgarligi belgilandi.
Bunda mazkur shaxslar yetkazilgan zarar aniqlangan kundan eʼtiboran 3 yil ichida moddiy javobgarlikka tortilishlari mumkin.
Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kirishi ma'lum qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112303 | Инструменты