Davron Vahobov O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi etib saylandi
Davron Vahobov Abdujalilovich O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi etib saylandi.
Davron Vahobov 1980-yilda Toshkent viloyatida tugʻilgan, maʼlumoti oliy, 2001-yilda Toshkent kimyo-texnologiya institutini, 2003-yilda Toshkent iqtisodiyot universitetini, 2007-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini tamomlagan.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari agentligining Kadrlarni qayta tayyorlash markazida boshlagan.
2002-2004-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi “O‘zbekekspertiza” AJ Tovarlarni sertifikatlashtirish bo‘limi mutaxassisi lavozimida ishlagan. Shuningdek, O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligining “O‘zbekekspertiza” AJ Sergeli filialiga rahbarlik qilgan. «White Palace Textile» MChJda modernizatsiya va dizayn bo‘limi boshlig‘i, «Agroprom terminali» direktori o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan. 2020-yilda “White Palace Cluster” MChJ direktori maslahatchisi, “To‘qimachiliksanoat” uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 70311 | Инструменты