Huawei 1
DTM 2022-23-yilgi o'quv yili uchun chet tili fanlaridan ijodiy imtihon o'tkazish tartibini ma'lum qildi

O‘zbekiston Davlat test markazi 2022-23-o‘quv yili uchun chet tillaridan ijodiy imtihon hamda namunaviy test sinovlarini o‘tkazish tartibini e’lon qildi.

Unga ko'ra, ushbu ijodiy imtihonlar O'zbekistonning quyidagi oliy ta'lim muassasalarida bo'lib o'tadi:

— O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti;
— Samarqand davlat chet tillari instituti;
— Toshkent davlat sharqshunoslik instituti (birinchi fanlar bloki sifatida xorijiy tillar bo‘yicha bakalavriat dasturlarini o‘z ichiga oladi);
— Toshkent davlat pedagogika instituti;
— Qo'qon davlat pedagogika instituti;
— Nukus davlat pedagogika instituti.

DTM ma'lumotlariga ko'ra, ijodiy imtihonlarni topshirish vaqti 2 soatu 45 daqiqani tashkil etadi. Imtihon formati quyidagicha tashkil etiladi:

1-bo'lim: Tinglash (Listening) — (45 daqiqa / 5 qism / 30 savol / maksimal 30 ball);
2-bo'lim: O'qish (Reading) — (60 daqiqa / 5 qism / 30 savol / maksimal 30 ball);
3-bo'lim: Yozish (Writing) — (45 daqiqa / 2 ta topshiriq / maksimal 30 ball);
4-bo'lim: Gapirish (Speaking) — (15 daqiqa / 3 qism / maksimal 30 ball).

Umumiy hisobda abituriyent maksimum 120 ball to'plash imkoniyatiga ega. Ijodiy imtihon namunalari bilan quyidagi havola orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60219 | Инструменты