Ular endi 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Davlat xavfsizlik xizmati idoralari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida bir nechta o‘z bolasini sotish holatlariga chek qo‘yildi (Video).
Jumladan, Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida tug‘ilgan 36 yoshli ayol joriy yilning 3 fevral kuni tug‘ilgan o‘g‘il farzandini 40 ming dollarga sotayotgan vaqtda DXXning Toshkent shahar bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Sirdaryo viloyatining Oqoltin tumanida yashovchi ayol joriy yilning 3 fevral kuni tug‘ilgan qiz farzandini Toshkent shahrida 20 ming dollarga sotishga kelishib, ushbu summadan 11500 dollarni olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi (Odam savdosi) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Aytib o’tish lozim, ushbu modda bilan aybdor deb topilganlar 8 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 122321 | Инструменты