«El-yurt umidi» jamg‘armasi 2021-2022 o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda o'qishni istagan yoshlarga stipendiyalar ajratadi
«El-yurt umidi» jamg‘armasi 2021-2022 o‘quv yili uchun eng nufuzli xorijiy davlatlarda o'qishni istagan yoshlar uchun stipendiyalar ajratishini ma’lum qildi.
Jumladan:
- bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 nafar;
- magistratura ta’lim dasturi uchun 150 nafar;
- doktorantura ta’lim dasturi uchun 100 nafar.
AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Kanada, Yaponiya, Ispaniya, Janubiy Koreya va boshqa rivojlangan mamlakatlarning eng nufuzli ta’lim va tadqiqot, innovasiya va amaliyot maskanlarida ta’lim olishni istagan, yuqori intellektual salohiyatga ega, zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, mamlakat ilm-faniga innovasion g‘oyalar va texnologiyalar olib kirish hamda uni raqamli asosda qayta shakllantirish asnosida rivojlantirishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yganlar uchun bu katta imkoniyat.
Nomzodlarning hujjatlari 2021 yil 1 apreldan — 1 mayga qadar, respublikaning barcha hududlari vakillari uchun yagona tartib va teng imkoniyat asosida, onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
Saralash bosqichlari 2021 yil 1 maydan — 20 mayga qadar davom etadi. Saralash tanloviga oid barcha ma’lumotlar «El-yurt umidi» jamg‘armasining www.eyuf.uz sayti orqali batafsil e’lon qilib boriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71711 | Инструменты