Endi haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonlar avtomatlashtirilgan tizim orqali inson omilisiz o‘tkaziladi
O'zbekistonda endi haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonlar avtomatlashtirilgan tizim orqali inson omilisiz o‘tkazilishi ma'lum qilindi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, Prezidentning «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorining ijrosi doirasida haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish huquqiga ega bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari tomonidan tashkil qilingan xususiy imtihon markazlari o‘z faoliyatini boshlamoqda.
Ushbu markazlarda imtihonlar to‘liq inson omilidan xoli tarzda, avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali qabul qilinishi rejalashtirilgan. Bu haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni topshirishi jarayonida e’tirozlarga sabab bo‘layotgan korrupsion holatlarning oldini oladi.
"Shuni inobatga olib, barcha avtomaktablar ma’muriyatidan o‘z o‘quvchilariga yo‘l harakati qoidalarini puxta o‘rgatib, haydovchilik huquqini olish masalasiga mas’uliyat bilan jiddiy e’tibor qaratishlarini so‘raymiz", - deyiladi xabarda.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71612 | Инструменты