Joriy yil 29-oktyabr kuni “O‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Qonun prezident tomonidan imzolandi. Aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari va ularning aniq mezonlari yangi kodeksdan o‘rin oldi.
Unda belgilangan yangi normalardan biri — dam olish kuni davlat bayramlariga to‘g‘ri kelsa, qo‘shimcha yana dam olish kuni beriladi.
Ya'ni dam olish kunini davlat bayramlari (ishlanmaydigan bayram kunlari) kunlariga to‘g‘ri kelgan taqdirda ko‘chirish qoidasi kiritildi.
Shuningdek, mehnat ta’tilining minimal davomiyligi kalendar kunlarda (15 ish kuni o‘rniga 21 kalendar kuni) belgilandi.
Ma’lumot uchun, mazkur qonun rasman e’lon qilingan kundan boshlab 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Shu kabi yana yangi tartiblar bo'yicha ushbu havolada tanishishingiz mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112316 | Инструменты