Huawei 1
Endi sun’iy intellekt yordamida saratonni aniqlash mumkin bo‘ladi

Sun’iy intellekt yordamida saraton kasalligini erta aniqlash, tashxis qo‘yish va maxsus dori-darmonlar yordamida davolash amalga oshiriladi. Bu haqda Turkiya gematologiya assotsiatsiyasi professori Emin Kaya bugun, 5 noyabr kuni “Hurriyet” nashriga ma’lum qildi.

Mutaxassisga ko‘ra, innovatsion sun’iy intellekt platformalari yordamida saraton hujayralari bir necha soniya ichida aniqlanadi. Natijada ushbu tizimlar qon namunalarida g‘ayritabiiy hujayralarni ajratishda sezgirlikni ta’minlaydi va ular 90 foizgacha aniqlik darajasi bilan an’anaviy usullardan ustun hisoblanadi. Bunday holatda shifokorlar tezroq qaror qabul qilishi va davolanishni eng erta bosqichda boshlashi mumkin, bu esa yuzlab bemorlarning hayotini saqlab qolish imkoniyatini beradi.

“Kasallikni gematologiyada aniqlash uchun suyak iligi va limfa biopsiyalarini olib, mikroskopik tekshiruv hamda klinik xulosalar olinib, tashxis qo‘yamiz. Biz tashxisni ham to‘g‘ri, ham tez qo‘yishimiz kerak. Bu jarayon sun’iy intellekt ishga tushganda tezlashadi. Ayniqsa, hujayra ko‘payishi tez bo‘lgan leykemiya kabi saraton turlarida erta tashxis qo‘yish – bemorlarning davolanish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi”, deydi Emin Kaya.

Ma’lum bo‘lishicha, klinik tadqiqotlarda CAR-T hujayra terapiyasi kabi maxsus davolash usullari sun’iy intellekt bilan ko‘proq amalga oshirilmoqda. Ayniqsa takrorlanuvchi saratonda qo‘llaniladigan ushbu usul bilan davolash jarayonlari bemorlar uchun yanada samarali bo‘la oladi. Sun’iy intellekt bemorlarning tuzalib ketish potensialini bashorat qilish orqali natijalarni optimallashtiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 122615 | Инструменты