Endi Telegram’da video qo'ng'iroq orqali ham gaplashish mumkin
Telegram’ning 6.3 beta-versiyasida suhbatdosh bilan video qo'ng'iroq orqali suhbatlashish imkoniyati paydo bo'ldi.
Yangi funksiyani ishga tushirish uchun quyidagi haraktalarni bajarish talab etiladi:
• Beta-test sinamasining ishtirokchisiga aylanish;
• «Sozlamalar» bo'limining tishli halqa belgisi ustiga o'n marta bosish;
• Debug menyusidagi Experimental Feature kalitini faollashtirish;
Video qo'ng'iroqni amalga oshirish uchun…
Videoqo'ng'iroq interfeysi mikrofon tugmasidan iborat. Kamerani frontal qismdan asosiy qismga o'tkazish kifoya. Aloqani shifrlash uchun Emoji-kodlari qo'llaniladi.
Beta versiyada arxivga avtomatik ravishda yuborish, avval yozishmalar qilinmagan foydalanuvchilarning bildirishnomalarini o'chirish, avvalgi suratlardan avatar tanlash, videoni «rasm ichidagi rasm» rejimiga o'tkazish imkoniyati ham mavjud. So'nggi funksiyalardan foydalanish uchun video vaqtida uni yuqoriga surish kerak bo'ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 60302 | Инструменты