2024 yilning sentyabr oyida eng arzon palov Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 22 ming 100 so‘mdan sotilgan. Bu haqda Statistika agentligining sentyabr oyi uchun palov indeksi hisobotida keltirilgan.
Eng qimmat palov Toshkent shahrida sotilgan bo‘lib, bir porsiyasi 34 500 so‘m bo‘lgan. Narxlarning qimmatligi bo‘yicha keyingi o‘rinlardan Buxoro (32 ming 800 so‘m) va Xorazm viloyati (30 ming 900 so‘m) viloyatlari joy olgan. Eng arzon osh esa Namangan viloyatida – 1 porsiyasi 22 ming 100 so‘mdan sotilgan.
Hududlardagi osh markazlarida sotilayotgan palovning bir porsiyasi uchun o‘rtacha narxlar quyidagi ketma-ketlikda bo‘lgan:
- Toshkent shahri – 34 ming 541 so‘m;
- Buxoro viloyati – 32 ming 884 so‘m;
- Qashqadaryo viloyati – 30 ming 668 so‘m;
- Samarqand viloyati – 30 ming 480 so‘m;
- Xorazm viloyati – 30 ming so‘m;
- Andijon viloyati – 28 ming 783 so‘m;
- Jizzax viloyati –28 ming 368 so‘m;
- Surxondaryo viloyati – 27 ming 934 so‘m;
- Navoiy viloyati – 26 ming 759 so‘m;
- Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 25 ming 718 so‘m;
- Toshkent viloyati – 25 ming 656 so‘m;
- Farg‘ona viloyati – 25 ming 34 so‘m;
- Sirdaryo viloyati – 24 ming 618 so‘m;
- Namangan viloyati – 22 ming 201 so‘m.
Narxlarni ro‘yxatga oluvchi tomonidan kuzatuv o‘tkazilgan kun va vaqtdagi narx-navo qayd etilib, bunda vaqt va joyiga qarab narxlar o‘zgarib turadi. Mazkur ma’lumotlarning shakllanishi jarayonida faqatgina tanlab olingan umumiy ovqatlanish muassasalari (Osh markazlari)dagi palovning o‘rtacha narxlari hisobga olingan bo‘lib, restoran va choyxonalardagi narxlar inobatga olinmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110603 | Инструменты