Huawei 1
Farg‘onada hayvonot bog‘idagi sherning bir ko‘zi o‘zgachaligiga izoh berildi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Farg‘ona hayvonot bog‘ida urg‘ochi sherga veterinarning malakali yordami kerak" mavzusida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Fargʻona viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etlishicha, ushbu holat yuzasidan Fargʻona shahar Ekologiya boʻlimi xodimlari tomonidan hayvonot bogʻida belgilangan tartibda oʻrganish olib borilgan.

Oʻrganishlar davomida hayvonot bogʻidagi sherning koʻzida tugʻma nuqson bo'lib, irsiy kasallik sabab bir ko'zi nuqson bilan tug'ilgan.

Hayvonot bogʻida saqlanayotgan hayvonlar va qushlar sogʻlom boʻlib, oʻz vaqtida oziqlantirib kelinmoqda. Viloyat prokuraturasi hamda Inspektorlar tomondan hayvonot bogʻi toʻliq nazoratdan oʻtkazilganda, hududda veterinar tomonidan doimiy ravishda qafaslarni dorilash va hayvonlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish ishlari olib borilayotgani hamda bogʻ mutasaddilari hayvonlar uchun sharoit va ozuqa zaxirasi yaratilgani ma'lum bo'ldi.

Hayvonot bogʻi mutasaddilariga ozuqa zaxirasini yanada koʻpaytirish va ularni sharoitlarni yaxshilash boʻyicha tavsiyalar berildi. 

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga