Ijtimoiy tarmoqlarida Farg‘ona shahar markazida ikki nafar fuqarolarning janjallashgani aks etgan videoxabar tarqaldi.
Maʼlum bo‘lishicha, 11-avgust kuni Farg‘ona shahar Sanoat ko‘chasida ikki nafar haydovchilar 1995-yilda tug‘ilgan B.O. hamda 1990-yilda tug‘ilgan M.U.lar o‘rtasida o‘zaro kelishmovchilik sababli janjal kelib chiqqan.
Janjal shu yerda xizmat olib borayotgan IIO xodimlari tomonidan bartaraf qilingan.
Shuningdek, yuqoridagi shaxslarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183-moddasi tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, Jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona shahar sudiga yuborilgan.
Sud ularning har biriga 15 sutkadan maʼmuriy qamoq jazosi tayinladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100723 | Инструменты