Huawei 1
Farg‘onada uch kunlik kelin-kuyov is gazidan zaharlanib vafot etdi

Farg‘ona viloyati Buvayda tumani "Alimergan" mahallasi Hunarmandlar ko‘chasida 3 kunlik yosh kelin-kuyov is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.

Qayd etilishicha, 24-noyabr kuni soat 08:30larda IIB tomonidan qo‘ng‘iroq bo‘lib, holat bo‘yicha xabar berilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, 1999-yilda tug‘ilgan kuyov A.A. hamda 2005-yilda tug‘ilgan kelin N.U. bir-biriga qarindosh bo‘lgan. Kuyov A.A. pechka yasab sotadigan usta bo‘lgani uchun 21-noyabr kuni o‘zi yasagan pechkalardan birini uyga o‘rnatgan. Ertalab o‘g‘li chiqavermaganidan shubhalangan ota uyga kirib mudhish hodisa guvohi bo‘lgan.

Bosh prokuratura matbuot xizmatining xabar berishicha, holati yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

Mutaxassis tomonidan xonadonda mavjud bo‘lgan isitish moslamasi nostandart holatda o‘rnatilganligi haqida xulosa berilgan.

"Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat’iy rioya qilishingizni so‘raymiz",- deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90806 | Инструменты