Huawei 1
Farg‘onada xizmat xonasida karta o‘ynagan hokimlik xodimi ishdan ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumani Moliya bo‘limi boshlig‘i va hokim yordamchilarining kattasi xizmat xonasida karta o‘ynayotgani aks etgan surat tarqaldi.

So'nggi berilgan xabarlarga ko'ra, suratdagi Uchko‘prik tumani kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari Dilshodbek Daliyev bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Dilshodbek Daliyev o‘zining Facebook'dagi sahifasida 24-oktabr kuni ishdan bo‘shash to‘g‘risida ariza yozganini bildirgan.

"Beayb parvardigor. Tan olish ham mardning ishi. Alloh nazaridan qolmasam bo‘ldi. Men o‘zimni oqlamoqchi emasman. Xato qilgan bo‘lsam, qonun oldida javob beraman. Mard bo‘lib arizamni yozib, kecha ishdan ketganman. Rasm eski. 26-avgust, shanba - dam olish kunida olingan", - deb yozgan u.

Tuman hokimligi surat tarqalgan kuni holat yuzasidan o‘rganish olib borilayotganini ma’lum qilgandi. Hozircha hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Suratda aks etgan qolgan shaxslar haqida ham ma’lumot berilmagan.

Hozirda hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berilmagan. Suratda aks etgan qolgan shaxslar haqida ham ma’lumot berilmagan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60623 | Инструменты