Huawei 1
Farg'onada 703,7 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan ishlab chiqarish sexi aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Marg‘ilon shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “T.M.” MCHJ rahbari U.R. MCHJga tegishli ishlab chiqarish sexiga o‘rnatilgan elektr qurilmalarini tijorat maqsadida elektr tarmog‘iga o‘zboshimchalik bilan ulab, 781,9 ming kVt soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib, davlat va jamiyat manfaatlariga 703,7 mln so‘m zarar yetkazganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga