Huawei 1
G‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarishda ularga qo‘yiladigan texnik talablar loyihasi ishlab chiqildi

Transport vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.

Loyihada g‘ildirakli transport vositalarini ishlab chiqarishda ularga qo‘yiladigan texnik talablar, ularni sinovdan o‘tkazish va mazkur umumiy texnik reglamentga muvofiqligini baholash tartibi belgilangan.

Reglamentni ishlab chiqishda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Qoidalari va Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqining umumiy texnik reglamenti talablari qo‘llanilgan.

Qaror loyihasi bilan quyidagi havola orqali tanishib chiqishingiz hamda o‘z taklif va mulohazalaringizni info@mintrans.uz elektron manziliga yuborishingiz mumkin.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102516 | Инструменты