Huawei 1
“Guanjou” klinikasining kirdikorlari fosh bo‘ldi

Ijtimoiy tarmoqlarda “Guandjo klinikasining sirini fosh qilishibdi” deb nomlangan video tarqalmoqda. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB izoh berdi.

Qayd etilishicha, «GUANGZHOU MEDICAL of CHINA» MCHJ mansabdor shaxslari va xodimlariga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi 2-qismi «b» bandi (“Sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, shuningdek dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish”) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Jinoyat ishi doirasida mazkur klinikaning Toshkent shahridagi va boshqa viloyatlardagi filiallarida tekshiruv o‘tkazilgan. 

Hozirda Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 62009 | Инструменты