"Hisor" davlat qo‘riqxonasida qor qoploni kamera obyektiviga muhrlandi
Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi “Hisor” davlat qo‘riqxonasida shu kunlarda qo‘riqxona hududiga o‘rnatilgan fotoqopqonlarni o‘rganish ishlari amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda Davlat ekologiya qo'mitasi.
O‘rganish davomida qo‘riqxonaning Tanxozdaryo bo‘limiga o‘rnatilgan fotoqopqon ham shu yil qish faslida qor qoplonini kamera obyektiviga muhrlagani maʼlum bo‘ldi.
Tasvirdan ko‘rish mumkinki, soy bo‘ylab chiqib kelayotgan qor qoploni anchayin yirik jussali bo‘lib, kameraga juda yaqin joydan tiniq holatda tasvirga tushgan.
Eslatib o‘tamiz, qor qoploni bugungi kunda noyob tur hisoblanib, xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan. Mushuksimonlar oilasiga mansub bo‘lgan bu jonivorlar Davlat ekologiya qo‘mitasi tasarrufidagi Chotqol davlat biosfera va Hisor davlat qo‘riqxonalarida doimiy muhofazaga olingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 13010 | Инструменты