Bosh prokuratura ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi
Instagram'da Asad_Algo nomi bilan faoliyat yurituvchi instabloger vafot etdi. Bu haqda uning do‘stlari Instagram orqali xabar berishdi.
Instablogerning do‘stining aytishicha, bloger kecha 20:30 larda shifoxonada vafot etgan. U miyasidan 3 kun avval jarohat olib, operatsiya o‘tkazgan. Ammo, shifoxonada vafot etgan. Marhum qanday qilib bu jarohatni olgani haqida ma’lumot berilmagan.
"3 kun uyda yotdi. Undan keyin tez yordam chaqirib, shifoxonaga olib keldik. Bugun soat 20:30 larda jon berdi. Boshqa ma’lumot berolmayman”, — deydi instablogerning do‘sti.
Bosh prokuratura ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, "Asad Algo" nomi bilan tanilgan 20 yoshli bloger vafot etganligi holati yuzasidan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari olib borilmoqda.
Marhumning o‘lim sabablarini aniqlash maqsadida sud-tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.
Natijasi bo‘yicha qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 100523 | Инструменты