Ipoteka va ta’lim kreditlari foizlari joriy yilda o‘zgarmaydi
Prezident "Markazlashgan manbalar hisobidan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun ajratiladigan mablag‘lar bo‘yicha foiz stavkalarini belgilash to‘g‘risida"gi qarorga imzo chekdi.
Qarorga ko‘ra, Moliya vazirligi banklarga ajratadigan ipoteka va ta’lim kreditlari uchun foiz stavkalari 2022 yil yakuniga qadar amaldagi foizlar, ya’ni ipoteka bo‘yicha 13 foiz, ta’lim krediti bo‘yicha 10 foiz miqdorida saqlab qolinadi.
Bunda, 10 foizdagi kreditlar kredit oluvchiga 14 foizdan ajratiladi.
Ipoteka va ta’lim kreditlari bo‘yicha foizlarni kamaytirish Markaziy bank asosiy stavkasi 14 foizdan pasayganda qo‘llaniladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 71210 | Инструменты