Huawei 1
Istanbulda bir kunda 6 o‘zbekistonlik qalbaki alkogoldan zaharlanib, vafot etdi

2025-yil 14-yanvar kuni Istanbul shahridagi Bosh konsulxonaga qo‘lbola spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlanib vafot etgan 6 nafar o'zbekistonliklarning yaqin qarindoshlari murojaat qildi. Ushbu noxush holatlar Istanbul shahrining Aksaray tumanida sotib olingan spirtli ichimlik iste’moli oqibatida yuzaga kelgan.

Vafot etgan fuqarolar asosan 35–40 yoshdagi erkaklar bo‘lib, ularning barchasi voyaga yetmagan farzandlarni yetim qoldirdi.

"Shu munosabat bilan, Istanbul shahridagi Bosh konsulxona barcha fuqarolarni spirtli ichimliklardan tiyilishga va ehtiyotkorlikka chaqiradi.

Salomatlikka tahdid soluvchi har qanday vaziyatda zudlik bilan yaqin shifoxonaga murojaat qilishingiz va Bosh konsulxona bilan bog‘lanishingiz tavsiya etiladi.

Favqulodda holatlar yuzasidan quyidagi telefon raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin:

Bosh konsulxona: +905535411717", - deyiladi konsulxona xabarida.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 11515 | Инструменты