Huawei 1
Iyun oyida ob-havo qanday bo‘ladi?

Joriy yilning yoz fasli quruq va biroz issiq ob-havo bilan boshlandi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi. 

1-7 iyun kunlari respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati asta-sekin 35-38 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 40 darajagacha ko‘tariladi.

Keyinchalik oy oxirigacha harorat 33-38 darajadan 25-30 darajagacha o‘zgarib turishi kutilmoqda. Respublikaning shimoliy, janubiy va cho‘l hududlarida eng issiq kunlarda harorat 39-41 darajagacha ko‘tariladi. Birinchi o‘n kunlik oxirida, ikkinchi va uchinchi o‘n kunliklarda ayrim kunlarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor.

O‘zgidrometning jahon prognozlash markazlari hisob-kitoblariga asoslangan dastlabki bahosiga ko‘ra, bu yilgi yoz faslining o‘rtacha harorati me’yordan biroz yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Yozgi mavsum davomida, albatta, ekstremal qiymatlarga yaqin bo‘lgan havo harorati bilan juda issiq ob-havo davrlari ham qayd etiladi. Ammo yoz uchun nisbatan qulay harorat fonida issiqning pasayish davrlari ham kuzatiladi.

Ma’lumot uchun, har yili iyun oyida o‘rtacha oylik havo harorati may oyi qiymatlaridan 4-5 darajaga, cho‘l hududlarda 6-7 darajaga yuqori bo‘ladi. So‘nggi yillarda O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha iyun oyining o‘rtacha harorati barqaror o‘sish tendensiyasini ko‘rsatdi. So‘nggi 10 yilda O‘zbekistonning katta qismida faqat 2019 yilning iyun oyi, shimolda va cho‘l hududlarda esa 2017 va 2018 yilning iyun oylari me’yordan biroz salqinroq bo‘lgan. Qolgan yillarda iyun oylarining o‘rtacha harorati me’yordan yuqori bo‘lgan.

2021 yildan 2024 yilgacha bo‘lgan iyun oylari deyarli barcha hududlar bo‘yicha O‘zbekistondagi meteorologik kuzatuvlar tarixidagi eng issiq iyun oylari beshligiga kirgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 60307 | Инструменты