Ushbu platforma 2027-yilda sinov tariqasida avvalo Toshkentning Olmazor tumanida ishga tushiriladi. Unda jinoyatchilik dinamikasi ogʻir hududlarga elektron xabarnomalar yuboriladi, mahalla va tumanlar reytingi nazorat qilib boriladi.
Joriy yil 6-noyabr kuni Prezident kriminogen vaziyat barqarorligini ta’minlash sohasida raqamli nazorat, tahlil va prognozlash tizimini joriy etish to‘g‘risidagi farmonni qabul qildi.
Belgilanishicha, sohada Yagona kriminogen ma’lumotlar platformasi ishlab chiqiladi va ishga tushiriladi. Portal orqali jinoyatlarning obyektiv va subyektiv sabablari, mas’ul idoralar, mansabdor shaxslar hamda bartaraf etish choralarining elektron reyestri yuritiladi. Ko‘rilgan choralar natijalari inson omilisiz oylik, yarim yillik va yillik nazorat qilinadi.
Shuningdek, ushbu poratl orqali mahallalar va jinoyatchilik dinamikasi og‘ir hududlarga vaziyatni barqarorlashtirish nazarda tutilgan xabarnomalar yuboriladi.
2027-yil yakunigacha Toshkentning Olmazor tumanida Platforma sinov tariqasida ishga tushiriladi. 2028-yildan respublikaning barcha hududlarida bosqichma-bosqich joriy etiladi.
Har yili quyidagilar tashkil etiladi:
- aholi o‘rtasida milliy viktimologik so‘rov;
- aholining xavfsizlik hissi va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchi bo‘yicha ijtimoiy so‘rov;
- yoshlar, voyaga yetmaganlar, ayollar, muqaddam sudlangan va probatsiya hisobidagi shaxslar, “qizil” toifadagi mahallalar hamda boshqa masalalar bo‘yicha manzilli kriminologik tadqiqotlar tashkil etiladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110910 | Инструменты