Oila va xotin-kizlar ko‘mitasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, tazyiq va zo‘ravonlik holatlari 2024 yilning o‘tgan 3 oyida oilada 9 ming 60 ta (+2 ming 720 ), ko‘chada – 918 ta (+112), jamoat joyida – 313 ta (+69), ish joyida – 81 ta (+12), ta’lim muassasida – 61 taga ko‘paygan. Jismoniy, jinsiy, iqtisodiy, ruhiy zo‘ravonlikda kamayish kuzatilgan. Tazyiq ham 411 taga kamaygan. Ammo ta’qib etish holati 18 ta (+18) oshgan.
Joriy yil 4 oyda 10 mingdan ortiq tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qiz tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilgan. O‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalaridan kelib chiqib, 28 ming 471 nafariga tibbiy maslahatlar berilgan, 6 ming 541 nafari kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlangan. 5 ming 43 nafari uchun statsionar davolash tashkil etilgan. 2024 yil 4 oyda o‘tkazilgan tibbiy ko‘rik natijalaridan kelib chiqib, 7 ming 121 nafariga tibbiy maslahatlar berilgan. 2 ming 531 nafari kerakli dori-darmonlar bilan ta’minlangan.
Qo‘mita tomonidan xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularning muammolarini bartaraf etish maqsadida 208 ta tuman (shahar)larda tuman, shahar oila va xotin-qizlar bo‘limi boshliqlarining sayyor qabullari tashkil etilib, qabullarda 20 ming nafarga yaqin xotin-qizlarning muammolari bartaraf etilgan.
Ammo, afsuski joylarda mavjud muammolar to‘liq bartaraf etilmagani bois, 2024 yilning dastlabki 6 oyida respublika bo‘ylab 1 ming 562 nafar xotin-qiz va ularning voyaga yetmagan farzandlari Ijtimoiy himoya milliy agentligi huzuridagi Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazlariga joylashtirilgan. Ushbu markazlarda turli tazyiqlardan jabr chekkan xotin-qizlar va ularning farzandlariga tibbiy, psixologik va huquqiy yordamlar ko‘rsatilgan. Ularga nafaqat jismoniy va ruhiy tiklanishga ko‘mak berilgan, balki yangi hayot boshlashi uchun imkoniyatlar yaratilgan. Kasb-hunar o‘rganishga qiziqishi bor ayollar orasidan 69 nafari maxsus tayyorgarlik kurslariga taklif etilgan, ularning 30 nafari ish bilan ta’minlangan.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash lozimki, endilikda tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatiladi. Shifoxonalarning shoshilinch bo‘limlarida tunu-kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi. Shuningdek, ichki ishlar organlari tomonidan zo‘ravonlarning reyestrini yuritish tartibi joriy etiladi.
Bundan tashqari, ayollarning ijtimoiy-iqtisodiy mustaqilligini ta’minlash maqsadida ularni gul yetishtirish, issiqxonada ishlash, pishiriq tayyorlash, enagalik qilish va sartaroshlik kabi oddiy mehnat turlariga o‘rgatish xizmati ham yo‘lga qo‘yilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103013 | Инструменты