Bosh prokurorning buyrug‘iga asosan adliya katta maslahatchisi Islomjon Ergashxo‘jayev Jizzax viloyati prokurori lavozimiga ikkinchi muddatga tayinlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.
1970-yilda tavallud topgan Islomjon Ergashxo‘jayev Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan. U 2016-yil mart oyidan beri viloyat hokimining ma'muriy masalalar, huquq-tartibot idoralari, o‘z-o‘zini boshqarish organlari faoliyati va yoshlar siyosati bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimini egallagan edi. Bungacha, 2011-yilgacha Pskent tumani hokimi sifatida ishlagan.
Bundan avvalroq, Ohangaron tumani prokurori, Ohangaron shahri prokurori, Toshkent shahar Mirobod tumani prokurori lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1999—2004-yillarda O‘zbekiston Bosh prokuraturasida turli lavozimlarni egallab kelgan.
Shuningdek, O‘zbekiston Prezidentining 2016-yil 12-avgustdagi farmoni bilan Islomjon Ergashxo‘jayev Toshkent viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangandi. Bundan oldinroq Toshkent viloyatiga yangi hokim bo'lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 11802 | Инструменты