Jizzax viloyati Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berishicha, bugun, 25-may kuni soat 09:15 larda “Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lida YTH sodir bo‘lgan.
2003-yilda tug‘ilgan, Navoiy viloyatida yashovchi S.A “Lacetti” rusumli avtomashinasini Samarqand-Toshkent yo‘nalishida boshqarib borayotib, qayrilib olish qismida 4.1.1 yo‘l belgisiga amal qilmasdan orqaga qayrilgan. Shu vaqtda u Toshkent-Samarqand yo‘nalishda harakatlanib ketayotgan, 1971-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Qibray tumanida yashovchi X. R boshqaruvida bo‘lgan YBL613OH rusumli yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘liga chiqib ketib YTH sodir qilgan.
Oqibatda Lacetti rusumli avtomashina salonida bo‘lgan 2003-yilda tug‘ilgan yo‘lovchi olgan jarohatlari tufayli voqea joyida vafot etgan. 2004 -yilda tug‘ilgan yana bir yo‘lovchi va avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan va jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Avtobus haydovchisi va salonida bo‘lgan yo‘lovchilarga tan jarohati yetmagan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 120613 | Инструменты